Shavkat Mirziyoyev XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 71 ta medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabriklab, oltin medallarning yarmini qizlar qo‘lga kiritganidan mamnunligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza — jami 71 ta medal bilan beshinchi o‘rinda yakunladi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Gonkongni mag‘lub etib, 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi (video, foto).
Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa 63 ta medal bilan medallar jadvalida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha terma jamoa a’zolari Xasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Milliy terma jamoa bronza medali uchun Gonkongga qarshi bahs olib boradi.
Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi medallari soni yengil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda kurash bo‘yicha muvaffaqiyatli chiqishlar evaziga 43 taga yetdi. Biroq milliy terma jamoa turnir jadvalida beshinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi marta 1994-yilda turnirning ushbu bosqichiga chiqqan (+gollar videosi).
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taipeyi ustidan g‘alaba qozonib, Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi. G‘alaba goli qo‘shimcha vaqtda kiritildi.
2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik qilichboz qizlar ilk marta oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 32 ta medal bilan 6-o‘rinda bormoqda: 7 ta oltin, 10 ta kumush, 15 ta bronza. Sovrindorlar ro‘yxati.
Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining dastlabki kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza — jami 7 ta medal bilan taqdirlandi. Musobaqadagi ilk oltinni dzyudo bo‘yicha -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdi.
Tailandda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 22 yoshli Farida Soliyeva yugurish bahslarida 2-o‘rinni, balandlikka sakrash sektorida Svetlana Radzivil 3-o‘rinni oldi. Avvalroq bosqon uloqtirish bahsida Suhrob Xodjayev kumush medalga ega chiqqandi.
2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yana bir yilga qoldirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting